Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan aholi bandligini ta`minlash, ayniqsa, karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining «Manazel center for domestic worker services – UAE» kompaniyasi o`rtasidagi kelishuvga muvofiq, “TADBEER” rekruting markazida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sirdaryolik 2 nafar yurtdoshimiz charter reys orqali jo`nab ketdi.