AsosiyJamiyat

Akademik liseylar faoliyati takomillashtiriladi

'Akademik liseylar faoliyati takomillashtiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910-son qarorida iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish bo`yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta`minlash maqsadida vazirlik tomonidan iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish bo`yicha aniq reja asosida ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, OTMlardagi mavjud ilmiy salohiyatni akademik liseylarda ta`lim sifatini ko`tarish va iqtidorli o`quvchilarni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirishga e`tibor qaratilmoqda.  

Qo`qon davlat pedagogika instituti rektori Ma`murjon Otajonov institut huzuridagi akademik liseydagi o`quv jarayonlari hamda darsdan tashqari paytdagi mashg`ulotlar faoliyati bilan tanishdi. Xususan, “Xorijiy til”, “Axborot texnologiyalari”,  “Shaxmat” va “Musiqa” to`garaklariga qatnayotgan o`quvchilar fikrlari bilan qiziqdi.  

Akademik lisey jamoasi bilan bo`lgan suhbatda ko`tarilgan takliflar bo`yicha muassasaning moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalarini xarid qilish va yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini yaratish bo`yicha mas`ullarga vazifalar berildi.    

    Boshqa yangiliklar