AsosiyJamiyat

Xorazmdagi ajrashgan oilalar yarashtirilmoqda

'Xorazmdagi ajrashgan oilalar yarashtirilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabr kunidagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-6118-Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyat hududiy bo`limlarida tomonidan ajrashga oilalarni tiklashi, voyaga etmagan farzandlarning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamaytirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

Xususan, Byuroning Hazorasp tumani bo`limi ish yurituvida bo`lgan fuqarolik ishlari bo`yicha Urganch tumanlararo sudining 11.09.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor X.Adan undiruvchi A.O`ning foydasiga voyaga etmagan 2 nafar farzandlariga aliment undirish to`g`rsidagi ijro hujjati mavjud bo`lgan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan to`g`ri huquqiy tushuntirish tadbirlaridan so`ng ularning oilasi yarashtirilib, endilikda birga yashab hayot kechirishmoqda. Oddiygina aytganda, qarzdorning oilasini tiklashi, voyaga etmagan farzandning barkamol tarbiya topishi, ajrashgan oilalar sonining kamayishiga erishildi.  

Shuningdek bo`lim xodimlari tomonidan qarzdor I.Mdan undiruvchi  

S.Mning foydasiga voyaga etmagan 2 nafar farzandlariga aliment undirish to`g`rsidagi ijro hujjatiga bo`yicha ham taraflar yarashuviga erishildi.

 Endilikdan ushbu oilarning 4 nafar farzandlari bag`ri butun bo`lib, mehrga to`lib ulg`ayadlar.

    Boshqa yangiliklar