AsosiyJamiyat

Senator talabalar uchun maxsus stipendiya ta`sis etdi

'Senator talabalar uchun maxsus stipendiya ta`sis etdi'ning rasmi

O`zbekiston paxta-to`qimachilik klasterlari uyushmasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, senator Murtazo Rahmatov tomonidan oliy o`quv yurtlarining iqtidorli, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalari uchun Senator stipendiyasi ta`sis etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti1-kurstalabasiMadina Yunusova Senator stipendiyaning ilk sohibasi bo`ldi. Senator unga 2020-2021 o`quv yilida maxsus stipendiya olish huquqini beradigan sertifikat topshirdi. 

— Konfusiyning shunday hikmati bor: “Agar sen xalqingni bir yil boqmoqchi bo`lsang, bug`doy ek, o`n yil boqmoqchi bo`lsang, daraxt ko`kartir, asrlar davomida boqmoqchi bo`lsang, ilm, bilim ek”, — deydi senator Murtazo Rahmatov. — Yurtimizda islohotlarning yangi bosqichida yoshlarni bilimli qilish, ularga ilm o`rgatish payidan bo`linayotgani quvonarlidir. Yoshlar bamisoli nihol. Ularga yaxshi ta`lim-tarbiya berib, to`g`ri yo`lga yo`nalishtirishga barchamiz mas`ulmiz. Umid qilamizki, biz ta`sis qilgan stipendiya yoshlar qalbida bilimga muhabbat uyg`otib, katta hayot ostonasidagi izlanuvchan va intiluvchan yigit-qizllarga kichik ko`mak va rag`bat bo`ladi. 

Buxoro viloyatida tug`ilib o`sgan Madinaning eng katta orzusi ushaldi. U mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga berilgan imtiyozdan foydalanib, oliy o`quv yurtiga davlat granti asosida o`qishga qabul qilindi. Ayni paytda Toshkent davlat yuridik universitetining xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetida tahsil olmoqda. 

— Davlatimizning biz, yoshlarga alohida e`tiborini, g`amxo`rligini o`z hayotim misolida chuqur his qilib turibman, — deydi Madina Yunusova. — Bunga javoban xalqimizga nafim tegadigan, el koriga yaraydigan etuk huquqshunos bo`lib etishishni o`z oldimga oliy maqsad qilib qo`yganman. Senator Murtazo Rahmatov tomonidan menga maxsus stipendiya ta`sis qilinib, oyma-oy to`lab borilayotgani esa o`z ustimda ko`proq ishlash, o`qib-izlanishga katta turtki bo`ldi. Bildirilgan katta ishonchni o`z muvaffaqiyatlarim bilan oqlashga harakat qilaman. 

Uchrashuv so`ngida bir guruh yoshlarga senator o`z qalamiga mansub kitoblar jamlanmasini  sovg`a qildi. 

 

    Boshqa yangiliklar