AsosiyJamiyat

Vazirdan rektorgacha: Oliy ta`lim tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

'Vazirdan rektorgacha: Oliy ta`lim tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi 6141-son farmoni bilan Abdukodir Xamidovich Toshkulov O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri lavozimiga tayinlandi.  Bu haqda Vazirlik axbaorot xizmati ma`lum qildi.

 Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan:

➖ Inomjon Urishevich Majidov O`zbekiston Milliy universiteti rektori (15-son, 14.01.2021 y);

➖ O`ktam Rahimovich Salomov Farg`ona politexnika instituti rektori (14-son, 14.01.2021 y);

➖ Avazjon Rahimovich Marahimov Termiz davlat universiteti rektori (15-son, 14.01.2021 y) lavozimiga tayinlandi.  

 

    Boshqa yangiliklar