AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk marotaba 85,9 ming tonna Evro-4 va Evro-5 dizel yonilg`isi ishlab chiqarildi

'O`zbekistonda ilk marotaba 85,9 ming tonna Evro-4 va Evro-5 dizel yonilg`isi ishlab chiqarildi'ning rasmi

«Buxoro» neftni qayta ishlash zavodi 23 yillik tarixi davomida eng yaxshi ko`rsatgich qayd etdi, deb xabar bermoqda «O`zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.

Jumladan, 2020 yildi «Buxoro» neftni qayta ishlash zavodi gazoylni gidrotozalash qurilmasida «O`zbekneftgaz» AJ mutaxassislarining o`z kuchi bilan katalizator eng zamonaviy turiga almashtirildi. Natijada, O`zbekistonda ilk bor Evro-4 va Evro-5 ekologik toifadagi dizel yonilg`isini ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Yil yakunlari bo`yicha jami 85,9 ming tonna Evro-3, 4, 5 dizel yonilg`isi ishlab chiqarildi.

Ishlab chiqarilayotgan yoqilg`ilar jahon standartiga to`la javob beradi va eksportbop mahsulotga aylandi.

Shuningdek, o`tgan yili zavod tomonidan 843,9 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarildi. 

2020 yil davomida, mahalliy olimlar, xususan O`zbekiston kimyo-farmasevtika ilmiy tekshirish instituti bilan hamkorlikda ilk bor SAS-851 rusumidagi (Fransiya) adsorbent o`rniga, mahalliy UzAD-1 adsorbenti ishlab chiqarishga tadbiq qilindi.

Bundan tashqari “Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish va qayta qurish” loyihasi bo`yyicha  «O`zbekneftgaz» AJ, «Honeywell UOP» (AQSh) va «SK E&C» (Janubiy Koreya) kompaniyalari o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

    Boshqa yangiliklar