Joriy yilning 12 yanvar kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni raisligida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma`muriy sektorlar faoliyatining 2020 yil yakunlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig`ilishida, harbiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda harbiy ilmni rivojlantirish borasida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni tomonidan harbiy mojarolar va zamonaviy jang amaliyotlarini hamda milliy harbiy san`at tarixini chuqur o`rganib, qo`shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan «O`z farzandlarida yuksak vatanparvarlik ruhini kamol toptira olmagan davlat, qanday qudratli qurolga ega bo`lmasin, mudofaa qobiliyatini mustahkamlay olmaydi», deya ta`kidlanganini alohida e`tirof etish joiz.
Zero, Vatan – har bir qarich eri aziz, qadrdon va jonajon maskan! Kindik qonimiz tomgan, bolaligimizning beg`ubor onlari, hayotimizning har bir daqiqalari o`tayotgan, bizni bag`rida tetapoya qilgan, ardoqlagan, ulg`aytirgan zamin – bu ona Vatandir!
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi «O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoyishi ijrosini ta`minlash, shuningdek, «Vatanparvarlik oyligi» doirasida joriy yilning 13 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasida «O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan «Kim Vatanga sodiq bo`lsa, mendirman o`sha!» shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Faxriylar kengashi raisi, iste`fodagi polkovnik Mirzaitov Mirzoxid Miragzamovich, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi o`qituvchisi mayor Rajabov Tolib Eshto`xta o`g`li,O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus operasiyalar kuchlari faxriysi, iste`fodagi katta serjant Dykanov Botirali Mirzabekovich, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus operasiyalar kuchlari harbiy xizmatchisi, katta serjant Nuratov Bobomurod Tursunbaevich, Akademiya professor-o`qituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirok etdi.
Tadbirni Akademiya boshlig`ining o`rinbosari polkovnik Dilshod Toxtamuradov ochib, mamlakatimiz hayotidagi qutlug` sana – 14 yanvar «Vatan himoyachilari kuni» hamda «Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 29 yilligi» bilan tabriklab, bugungi kunda yurtimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo`yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilayotgani, shubhasiz, ana shunday tinch va osoyishta hayotni hamda taraqqiyotimizni asrash, uni har qanday qora kuchlarning tahdididan muhofaza qilishda milliy armiyamizning o`rni beqiyos ekanligini, bu borada muhtaram Prezidentimizning «Armiya va xalq – bir tanu bir jon!» degan da`vatlari har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga, yuragiga chuqur kirib borishi, amaliy harakatga aylanishi zarur ekanligini, bu esa mamlakatimizda tinchlik, millatlararo totuvlik, o`zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini ko`z qorachig`idek asrash, yosh avlod o`rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish har birimiz uchun ustuvor vazifa hisoblanishini alohida ta`kidladi.
Shundan so`ng, tadbirni badiiy qismida taklif etilgan mehmonlar tomonidan jonajon Vatanimizni madh etuvchi kuy-qo`shiqlar ijro etildi.
Tadbir yakunida Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug`iga asosan, Akademiyaning bir qator harbiy ofiserlariga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirildi hamda taklif etilgan faxriy harbiy xizmatchilar va Akademiyaning harbiy xizmatchilari tomonidan yuqorida qayd etilgan vazifalar borasidagi aniq belgilangan chora-tadbirlar rejalarini kelgusida sifatli va o`z vaqtida bajarish kelishib olindi.
— Bu yilgi «Vatanparvarlik oyligi» doirasidagi tadbirlarda buyuk bobomiz Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasidagi jasorati, jangu jadallardagi harbiy mahorati bosh g`oya sifatida belgilangan, — deydi O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi o`qituvchisi mayor Tolib Rajabov. — Jaloliddin Manguberdi harbiy san`at bobida o`z davrida dovrug`i etti iqlimga ketgan bahodir bo`lgan. Bu yilgi targ`ibot tadbirlarimizda buyuk bobolarimizning ko`rsatgan qahramonliklarni yoshlar ongiga singdirish orqali ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiylikka qiziqtirish, yurt oldidagi farzandlik burchini anglatishni maqsad qilganmiz.
— Yangilanayotgan jonajon O`zbekistonimiz biz uchun shunday tengsiz, yagona, e`zozli, tanho Vatandir. Vatanga sadoqat, ona-yurtga muhabbat hissi kishi qalbidagi eng bebaho tuyg`udir deydi — podpolkovnik Baxshillo Jahonqulov. — Muhtaram Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda «Armiya va xalq — bir tanu bir jon!» iborasi bugun barchani bir maqsad sari ya`ni Vatan himoyasi chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimiz ekanligini ham anglatadi.
Farhodjon XOJAEV,
Akademiya o`qituvchisi, kapitan.