Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida YHXBB boshlig`i o`rinbosari Erali Bozorov ma`lum qildi.
«Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2021 yil 1 martdan boshlab, tadbirkorlik sub`ektlariga avtomobil yo`llarida yo`l harakati buzilganini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy texnik vositalar o`rnatish huquqi berilmoqda».
Anvar Musabekov, Avtomobil yo`llari qo`mitasi mas`ul xodimi:
«2021 yil 1 martdan boshlab, xususiy sektorni katta hajmli vazn parametrini nazorat qiladigan nazorat postlarini o`rnatishda jalb qilish belgilangan. Qo`mita og`ir va gabarit nazorati bo`yicha stansiya shoxobchalarini o`rnatish bo`yicha izchil ishlarni amalga oshirib boryapti».