Mana bir haftadan beri dunyo ommaviy-axborot vositalari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putinaning 37 yoshli Artur Ocheretniy bilan yashirincha to`y qilib, turmushga chiqqanligi haqidagi xabarni tinmay takrorlayapti. Rossiyaning birinchi xonimiga uylangan bu sirli shaxs kim?
ELLE nashri Lyudmila Putinaning yosh turmush o`rtog`i haqidagi qiziqarli 5 ta faktni aniqladi.
1. Artur Ocheretniy — Rossiyaning Kaliningrad viloyatida tug`ilgan, Moskva yaqinidagi Lyubersida voyaga etgan. Facebook sahifalarida yozilishicha, Artur juda faol hayot kechiradi, “Spartak” klubiga muxlislik qiladi va sport-havaskorlik musobaqalarida ham qatnashib turadi.
2. Lyudmila Putinaning yangi turmush o`rtog`i shaxslararo kommunikasiyani rivojlantirish markazi raisi lavozimida ishlaydi. Bundan tashqari “Adabiy o`qish” nashriyot uyiga rahbarlik ham qiladi. 2014 yilda sobiq birinchi xonim shu nashriyot tomonidan ta`sis etilgan Gorkiy nomidagi mukofotni topshirish marosimida qatnashgan.
3. Ilgari Artur Ocheretniy “Art shou sentr” kompaniyasida ishlagan va “Edinaya Rossiya” partiyasining, “Gazprom” kabi nufuzli tashkilotlarning turli tadbirlarini tashkillashtirib bergan. Demak, ular oldindan bir-birini yaxshi tanigan.
4. Artur Ocheretniyning oldingi nikohidan o`g`li bor. U o`zining akkauntida o`g`li chizgan rasmni “O`g`lim Pasxa bayramiga rasm chizib, sovg`a qildi” deb izoh qoldirgan.
5. 2013 yilda Lyudmila Putina ham Artur Ocheretniy ham avvalgi turmushlaridan rasman ajrashgan.
Ma`lumot uchun, 26 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sobiq rafiqasi turmushga chiqqani to`g`risida xabar bergan edik.