AsosiyJamiyat

Qarzdorning “Captiva”si xatlandi

'Qarzdorning “Captiva”si xatlandi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Kogon tumanlararo sudining 18.12.2020 yildagi qarzdor YaTT “R.R.”dan undiruvchi “Qishloq qurilish bank” Buxoro mintaqaviy filiali foydasiga 85 958 334 so`m kredit qarzi undirishni kredit ta`minoti sifatida garovga qo`yilgan “Captiva” avtomashinasiga qaratish to`g`risida ijro hujjati Byuroning Kogon shahar bo`limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati ijrosi yuzasidan qarzdor YaTT “R.R.”dan sud qarorida ko`rsatilgan kredit qarzini to`lab berishi haqida ogohlantirilgan.

Shundan so`ng, majburiy ijro harakatlari davomida kredit ta`minoti sifatida garovga qo`yilgan “Captiva” rusumli avtomashina qarzdorlik evaziga xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo`yildi.

Hozirda qayd etilgan avtoulov baholanib, “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar