AsosiyDunyo

Ekatirinburg hibsxonasida saqlanayotgan muxojirlar isyon ko`tardi

'Ekatirinburg hibsxonasida saqlanayotgan muxojirlar isyon ko`tardi'ning rasmi

Bugun, 14 yanvar kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida isyon yuz berdi. Voqeaga IIV, OMON bo`linmasi va Rossiya Milliy gvardiyasi vakillari aralashib, tinchlik o`rnatgan. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

IIVning Sverdlov viloyati bo`yicha boshqarmasi Matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelix tartibsizliklar Sobiq ittifoq tarkibida bo`lgan respublikalardan birining fuqarosi tashabbusi bilan yuzaga kelgan. Erkak 32 yoshda ekani ma`lum. U vaqtincha saqlash markaziga sud qarori bilan olib kelingan va migrasiya qonunchiligini buzgani uchun deportasiyaga tayyorlanayotgan bo`lgan.

Uning noroziligiga polisiya xodimlari unga yuborilgan “posilka”dagi “buxanka” non ichiga yashirilgan plastik idishdagi alkogolli ichimlikni aniqlab, olib qo`ygani sabab bo`lgan. Yarim kechasi fuqaro va uning uch nafar xonadoshi shovqin ko`tarib, markazdagi boshqalarni ham norozilik aksiyasiga qo`shilishga chaqirgan”, deydi Gorelix.

Tartibsizlik vaqtida ishtirokchilar mebel, eshik, elektrjihoz va kuzatuv kameralariga zarar etkazgan. Ular shuningdek, karton qutini ham yoqib yuborishgan va kirish yo`lini to`sib, xonalaridan chiqishdan bosh tortishgan.

Tartibsizliklarni bostirish vaqtida IIV, gavrdiya va OMON bo`linmasi jangchilari maxsus vositalardan ham foydalangan. Natijada ishtirokchilardan birining barmog`i shikastlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv boshlangan. Ekaterinburgdagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi odatiy tartibda ishini davom ettiryapti.

Boshqa yangiliklar