Nurafshon shahar hokimi Qahramon Hakimov o`z lavozimidan ozod etildi. Ushbu ma`lumotni "darakchi.uz"ga Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati tasdiqladi.
Ma`lum qilinishicha, ayni daqiqalarda Nurafshon shahar Xalq deputatalari Kengashining navbatdagi sessiyasi boshlanmoqda. Unda shaharning yangi hokimi tanishtiriladi. Yaqin daqiqalarda bu haqda ma`lumotlarni taqdim etamiz.
Ma`lumot uchun, shu paytga qadar Nurafshon shahar hokimi bo`lgan Qahramon Hakimov 2019 yilda ushbu lavozimga o`tirgan edi.






