AsosiyJamiyat

Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

'Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga qo`shimcha kiritilib, unga ko`ra adliya organlarining bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan o`z vaqtida yoki to`liq bajarmaslik mansabdor shaxslarga BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha (446 ming so`mdan 1 mln 115 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

 Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa mansabdor shaxslarga BHMning besh baravaridan etti baravarigacha (1 mln 115 ming so`mdan 1 mln 561 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

️Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar