Davlat soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari — Kadastr agentligi direktori Xalilillo To`raxo`jaev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
Ma`lum qilinishicha, Xalilillo To`raxo`jaev Oliy sud raisining fuqarolik ishlari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U Davlat soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari — Kadastr agentligi direktori bo`lguniga qadar Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.






