AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O`zbekiston aholisini juda iliq ob-havo kutmoqda

'Dam olish kunlari O`zbekiston aholisini juda iliq ob-havo kutmoqda'ning rasmi

Sinoptiklarning ma`lum qilishlaricha,   bugun va ertaga O`zbekistonga Eron hududlaridan juda quruq va iliq havo kirib kelishi kutilmoqda.

Respublika bo`ylab havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliq, janubda 22 darajagacha iliq, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida bo`ladi. Havo harorati iqlim me`yoridan 10-12 darajaga yuqori bo`ladi.

Yakshanba kuni O`zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli oqimi kirib keladi. Buning natijasida ob-havo bulutli bo`lib, kunduz kuni havo harorati 13-16 daraja iliq, kechasi 0-5 daraja iliq atrofida bo`ladi. Ammo bunday harorat hali ham iqlim me`yorlaridan 5-7 darajaga yuqoridir, deyiladi "O`zgidromed" xabarida.

Biroq, bu issiq hali bahor emasligi, kelasi haftadan qish yana jilovni o`z qo`liga olishi ta`kidlanmoqda.

Xabarda shu kunlarda O`zbekistonning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi borligidan ogohlantirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar