Nepalda yashaydigan 19 yoshli Raja Tapa hamyurtlarining ko`z o`ngida og`ziga bir vaqtning o`zida 138 ta qalam joylashtirdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Raja bu harakati bilan jahon rekordini yangiladi. Undan avvalgi rekordchi og`ziga 46 ta qalamni joylashtira olgan edi.
Quyida namoyish etilayotgan videoda Raja 32 ta yonayotgan shamlarni ham og`ziga solib, barchani lol qoldirgan.
Rekordchi aslida qorovul bo`lib ishlaydi, ammo uning aytishicha kelajakda mana shunday noodatiy tomoshalar ko`rsatish orqali pul ishlashni ham rejalashtirmoqda.





