Bu haqda IIV tergov departamenti bo`lim boshlig`i Azizbek Dolixo`jaev AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.
«Samosud»jarayonini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan bo`lsa, Jinoyat kodeksining 130-moddasi, ya`ni zo`ravonlik va yoki shafqatsizlikni targ`ib qiluvchi ma`lumotlarni tayyorlash, uni tarqatish yoki joylashtirganlik uchun avvalombor ma`muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Bunda jismoniy shaxslarga 100 baravargacha miqdorda, ya`ni 22 million so`mdan ziyod jarima jazosi qo`llanishi, uning harakatlari jinoyatni keltirib chiqaradigan bo`lsa, 3 yilgacha axloqni tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.
«Samosud»ga aralashgan odam qanday jazoga tortiladi?
Birinchidan, shaxsning harakatlari «samosud» qilingan jabrlanuvchining shunga qaratilgan xatti-harakatdan kelib chiqadi. Ya`ni uni tutqunlikda ushlash, jabrlanuvchiga qay darajada jarohat etkazganidan kelib chiqib jazo belgilanadi.
Yoki jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik oqibatida sodir etgan qilmishi uchun tegishli moddalar bilan javobgarlik nazarda tutilgan», dedi Tergov departamenti bo`lim boshlig`i.






