Bugun AOKAda O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi.
Ma`lum qilinishicha, tadbirkorlik sub`ektlari manfaatida sudlarga jami 179ta da`vo arizasi va shikoyat bilan murojaat etildi.
Shundan:
▫️ iqtisodiy va fuqarolik ishlar bo`yicha sudlarga 60 mlrd so`mlik 75ta da`vo;
▫️ ma`muriy ishlar bo`yicha sudlarga 60ta shikoyat arizasi
▫️ kassasiya va nazorat tartibida 44ta shikoyat kiritildi.
Qo`llanilgan ta`sir choralari natijasida qonunbuzilishi holatlariga yo`l qo`ygan mansabdor va mas`ul shaxslarning 778 nafari ma`muriy javobgarlikka tortilgan bo`lsa, 502 nafariga intizomiy jazo choralari qo`llanilgan hamda davlat organlari va tashkilotlarining 345 ta noqonuniy qaror va hujjatlari bekor qilindi.
Shuningdek, sudlarga kiritilgan da`vo ariza va shikoyatlar asosida 44,4 mlrd so`mlik qarzdorlikni undirish va 45 ta g`ayriqonuniy qarorni haqiqiy emas deb topish haqida sud qarorlari qabul qilingan.






