AsosiyShou-biznes

Supermodel Sindi Krouford karerasiga yakun yasashini ma`lum qildi

Taniqli supermodel yaqinda 50 yoshga to`ladi. Mana shu munosabat bilan u modellik faolyaitini yakunlashi haqidagi xabarlar tarqaldi, deb yozadi ELLE nashri.

Bundan tashqari,Sindi o`z intervyularidan birida yaqin 10 yil ichida birorta jurnal muqovasi uchun suratga tushishini rejalashtirmaganini aytgan edi.

“O`ylashimcha, hozir suratga tushishni to`xtatishning ayni payti. Albatta, kelgusi 10 yil ichida professional model sifatida faoliyat yuritmoqchi emasman”, — degandi Sindi.

Uning aytishicha, Sindi model sifatida dunyodagi eng taniqli fotograflar bilan hamkorlik qilishga muvaffaq bo`lgan. Endi esa u farzandlari 14 yoshli qizi Kaya va 16 yoshli o`g`li Preslining tarbiyasi bilan shug`ullanish istagida.

“Qizingiz sizning ishingizni davom ettirishini istaysizmi?” degan savolga “Hozir hamma zamonaviy qizlar qaysidir ma`noda model hisoblanadi. Ular o`zlarini muntazam ravishda suratga olib, internetga joylaydi. Hozirgi kunda fotorgaflarga ham hojat qolmayapti. Chunki istalgan kishi sifatli tarzda suratga tushirishi mumkin”, — deb javob beradi Sindi.

Sindi Krouford bir necha yillar mobaynida ko`plab taniqli nashrlar bilan hamkorlik qilgan. 

    Boshqa yangiliklar