AsosiyJamiyat

O`zbekiston qancha doza vaksina olish uchun shartnoma tuzgani ma`lum qilindi

'O`zbekiston qancha doza vaksina olish uchun shartnoma tuzgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Bloomberg COVID-19'ga qarshi vaksinalar bo`yicha erishilgan shartnomalar haqida ma`lumot berdi, deya yozdi "gazeta.uz". 

Unga ko`ra, dunyo bo`yicha umumiy 8,33 mlrd doza vaksina bo`yicha kelishuvlar mavjud. Bu dunyo aholisining yarmini emlash uchun etarli (vaksinalarning ayrim turlari ikki marta emlashni talab qiladi).  

Eng ko`p vaksina bo`yicha kelishuvlarga Hindiston ega — 2,2 mlrd doza (AstraZeneca/Oxford, Novavax, Gamaleya).  

Bu borada aholi jon boshiga vaksina bo`yicha eng katta qamrov Kanadada — 214 mln doza, 303% qamrov (Novavax/Sanofi, Moderna, AstraZeneca/Oxford va boshqa turlari).  

O`zbekiston esa 70 mln doza (110% qamrov) vaksina bo`yicha kelishuvga ega (faqat Gamaleya bilan).

Eng ko`p buyurtma berilgan vaksina turi AstraZeneca/Oxford kompaniyasiga tegishli bo`lib turibdi — 2,9 mlrd doza. Shuningdek, Novavax kompaniyasi vaksinalar bo`yicha 1,2 milliarddan ortiq buyurtma olgan, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar