AsosiyJamiyat

Sherzod Hidoyatov Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri etib tayinlandi

'Sherzod Hidoyatov Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Qurilish vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Hidoyatov Sherzod Saidjonovich Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Sherzod Hidoyatov 1980 yil 20 avgustda Toshkent shahrida tug`ilgan, 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

Bunga qadar, Sh.Hidoyatov o`z faoliyatini bir qator korxona va tashkilotlarda samarali boshlab, “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida ob`ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi direktori, ta`kidlanganidek bugunga qadar Qurilish vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar