AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda qurilishi tugallanmagan sport inshootining tom qismi qulagani haqida tarqalgan xabar rostmi? “O`zsanoatqurilishmateriallari” izoh berdi

'Ijtimoiy tarmoqlarda qurilishi tugallanmagan sport inshootining tom qismi qulagani haqida tarqalgan xabar rostmi? “O`zsanoatqurilishmateriallari” izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda qurilishi tugallanmagan sport inshootiga imoratlarning tom qismini yopish uchun mo`ljallangan plitaning qulab tushganligi va ushbu qurilish mahsuloti Navoiy viloyatida ishlab chiqarilganligi noma`lum muallif tomonidan iddao qilingan videolavha tarqalgan edi.

“O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida uyushmasi Navoiy viloyati hokimligi bilan o`rganishlar olib bordi. Ma`lum bo`lishicha, bugungi kunda Navoiy viloyatida beton plitalar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan qurilish ob`ektlariga etkazilib berilayotgan ushbu turdagi mahsulot belgilari videolavhada aks etgan mahsulotga mutlaqo to`g`ri kelmaydi.

Bugungi kunda Navoiy viloyati hududlarida videolavhada bayon etilgan bino qurilishi mavjud emas va sanoat korxonalari tomonidan bu ko`rinishdagi beton mahsuloti etkazib berilmagan, deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar