AsosiyShou-biznes

Dilnoza Kubaeva o`zi va Ozodbek Nazarbekov haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Aktrisa Dilnoza Kubaeva “Darakchi.uz” muxbiri bilan suhbatda o`zi va O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov haqida tarqalgan mish-mishlarni izohladi.   

-Sizni Ozodbek Nazarbekovga turmushga chiqqaningiz tillarda doston. Hammaning tilida shu gap!

-  Voy, men shu xaqida gapirmasam maylimi?! To`g`risi odamlarning bo`lmag`ur mish-mishlari jonga tegdi. Kimni kimga turmushga bervorishadi, kimni kimgadir uylantirvorishadi. Kimdir mish-mishlarda o`lib ketadi. Shunaqangi g`alati mish-mish ham bo`ladimi?!  Bu haqida o`zimga ham telefon qilib aytganlar bo`ldi. Hayron bo`ldim. San`atkorni bu kabi mish-mishlarga ko`mish yaxshimas! Zerikdim shu gapdan!

Boshqa yangiliklar