AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?

'Dam olish kunlari yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?'ning rasmi

«O`zgidromet» xabariga ko`ra, dam olish kunlari havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliq, janubda 22 daraja iliq, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida bo`ladi. Havo harorati iqlim me`yoridan 10-12 darajaga yuqori bo`ladi.

Yakshanba kuni O`zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning natijasida bulutlilik zichlashadi va kunduz kuni havo harorati 13-16 daraja iliqqacha pasayadi, kechasi 0-5 daraja iliq atrofida bo`ladi. Bunday harorat ham iqlim me`yorlaridan 5-7 darajaga yuqoridir.

Shu kunlarda O`zbekistonning tog`li hududlari bo`yicha qor ko`chishi xavfi e`lon qilindi.

«Biroq, bu issiq hali bahor emas. Keyingi haftada yana sovuq bo`ladi», - deyiladi ma`lumotda.

    Boshqa yangiliklar