AsosiyJamiyat

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi

'Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi'ning rasmi

Cog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Tulyaganov Davron Baxtiyarovich Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar qildi. 

Tibbiyot fanlari doktori Davron Tulyaganov ko`p yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan. 2016-2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh shifokor muovini vazifasini bajaruvchi bo`lgan.

Birlashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta viloyat filiali, 176 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo`limlari, 2400 dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviasiya xizmati va favqulotda vaziyatlarda aholini tibbiy ta`minlash tezkor brigadalari kiradi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar