Bugun, 16 yanvar kuni soat 15:50larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o`tgan A 373 "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lining 252-kilometrida, haydovchi, 1985 yilda tug`ilgan S.S. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv oqibatida yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha,Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong`in sodir bo`lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.