AsosiyJamiyat

Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri o`tkaziladi

'Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri o`tkaziladi'ning rasmi

“Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.  

Qarorga ko`ra, Shaxmatni 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko`rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi. Bunda 2025 yilga qadar shaxmat bilan muntazam shug`ullanuvchilar sonini  3 foizga etkazish nazarda tutilgan.  

2021/2022 o`quv yilidan boshlab:

 150 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarining o`quvchilarini tajriba tariqasida shaxmatga o`qitishni tashkil qilish amaliyoti kengaytirilib, yana qo`shimcha 150 ta maktab (shu jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) 10 tadan, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 15 tadan maktab) shaxmatga ixtisoslashtiriladi;

 tegishli 1 000 ta umumiy o`rta ta`lim maktabida 2, 3 va 4-sinf o`quvchilarini “Jismoniy tarbiya” fani doirasida 18 soatlik reja asosida shaxmatga o`qitish yo`lga qo`yiladi hamda ularga metodik yordam ko`rsatiladi;

 qolgan barcha maktablarning 2, 3 va 4-sinf o`quvchilari “Jismoniy tarbiya” fani doirasida shaxmatga o`qitiladi.

 2021 yildan boshlab har yili bir oy davomida maktablarda “Shaxmat oyligi” tashkil etiladi.  

 2021 yildan boshlab har yili an`anaviy tarzda:

 Toshkent shahrida Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri, O`zbekistonlik birinchi xalqaro grossmeyster G.T. Agzamov xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir, shuningdek, shaxmat bo`yicha XVII Jahon chempioni R.M. Qosimjonov xalqaro turniri;

 Samarqand shahrida “Sohibqiron kubogi” xalqaro shaxmat turniri;

 Xiva shahrida “Al-Beruniy” xalqaro shaxmat turniri;

 Buxoro, Termiz va Xiva shaharlarida “Turizm va shaxmat haftaligi” tashkil etiladi.

 Shuningdek, shaxmat maktablari va klublari faoliyatiga ko`mak berish maqsadida O`zbekiston shaxmat klublari assosiasiyasi tashkil etildi.

️ 2021/2022 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg`ona filialida shaxmat bo`yicha ta`lim yo`nalishi ochiladi.

O`zbekiston shaxmat federasiyasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Shaxmatni ommaviylashtirish va rivojlantirish jamg`armasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, shaxmat bo`yicha musobaqalar va turnirlarni onlayn o`tkazish platformasi (www.uzchess.uz), shuningdek, tahsil olayotgan o`quvchilar va talabalar hamda o`qituvchilar, trenerlar va mutaxassislarning yagona elektron bazasi yaratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar