AsosiyShou-biznes

Munisa Rizaeva Navro`z bayramida maqom kuylashi mumkin?!

“Darakchi.uz” nashri muxbiri xonanda Munisa Rizaevaning prodyuseri bilan bog`landi.

“Navro`z shodiyonalariga tayyorgarlikni boshlagan xonanda o`zining ijodida umuman kuzatilmagan va muxlislar uchun mutlaq yangilik bo`lishi mumkin bo`lgan qo`shiq tayyorlanmoqda. Tinglaganingizda hayratlanasiz”, — dedi xonandaning prodyuseri.

-Qo`shiqning nomi va yo`nalishini ayta olasizmi?

- Uzr bu haqida xech narsa aytolmayman! Lekin yo`nalish va ijro jixatidan ham kutilmagan yangilik bo`lishi aniq!

- Balki qo`shiq maqom yo`nalishida bo`lar?

-Balki! Bu hozircha sirligicha qolgani ma`qul. Hammasidan tez kunda xabardor bo`lasiz…

Guvohi bo`lganingizdek, xonanda muxlislari uchun kutilmagan yangilik hozirlayapti. Siz uni maqom yo`nalishida ijod qila olishiga ishonasizmi? Fikrlaringizni kutib qolamiz!

Yodgorbek YuKSAL

    Boshqa yangiliklar