UFCrahbari Dana Uayt va Habib Nurmagomedov o`rtasidagi muzokarlar natijasida sportchi oktagonga qaytishi mumkin deya xabar bermoqda Ria Novosti.
“Habib UFCda nimaga erishishi kerak bo`lgan bo`lsa, barchasiga erishib bo`ldi. Biroq Habib kelasi hafta UFC-257 da oktagonga ko`tariladigan Konor-Pore va Chendler-Xuker jangini tomosha qilishini, agar ular Habibni nima bilandir hayron qoldira olishsa, unda qaytishini ma`lum qildi. Aynan ular Habibni oktagonga qaytishga majbur qiladigan jangni tashkil etishlari lozim. O`shanda Habib 30-jangini o`tkazadi”, degan Uayt.
Uaytning aytishicha, rossiyalik jangchi UFCga qaytgan taqdirda ham kim bilan jang qilishini mustaqil ravishda hal qilishi mumkin.