Sirdaryo viloyati hokimi qisqa muddatli ta`tilga chiqdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
“Sirdaryo viloyat hokimi G`ofurjon Mirzaev tibbiy ko`rikdan o`tish va davolanish uchun qisqa muddatli ta`tilga chiqdi”, deyiladi hokimlik axborotida.
Eslatib o`tamiz, bundan avval 9 yanvar kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘ini tiklash maqsadida ta’tilga chiqqani haqida xabar berilgan edi.






