AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda hokimlar o`z o`rinlarini yoshlarga vaqtinchalik bo`shatib beradi

'Qashqadaryoda hokimlar o`z o`rinlarini yoshlarga vaqtinchalik bo`shatib beradi'ning rasmi

 Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko`ra, bugun tuman va shahar hokimlari tibbiy ko`rikdan o`tish va davolanish uchun Toshkent shahriga yo`l oldi. Hokimlarni Qarshi temir yo`l vokzalidan kuzatish marosimida Zoyir Mirzaev ham ishtirok etdi.

- Tarixda birinchi bor davolanish uchun bormoqdasizlar, - dedi Zoyir Mirzaev. - Demak, dam olishga borayapmanmi yoki davolanishga, degan fikr hammada bo`lishi kerak. Sizning salomatligingiz jamiyatga ham, oila a`zolaringizga ham kerak. Ertadan o`rinlaringizni vaqtincha yoshlar egallaydi. Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, "Xalqchil bo`lishning birdan bir usuli - xalqni dardu tashvishlarini ichida bo`lish". Yosh rahbarlardan zora bittagina xalq dardiga echim topa olsak ham, bu katta yutuqdir. 

    Boshqa yangiliklar