Shu kunlarda Qozog`istonda qordan ulkan haykallarni yasash avj olmoqda.
Xususan, yaqinda poytaxt Nur-Sulton shahrida balandligi 10 metrli qor odam qad rostladi. Pavlodar viloyatining Lugansk shahrida esa 7 metrli ana shunday ijod mahsuli yaratildi.
Ularni mahalliy maktab o`quvchilari yasashyapti. Bularning barchasini shunchaki havasga, yoshlik g`ayratiga yo`yish to`g`ri bo`lmaydi. Yoshlar mamlakatda shu bo`yicha e`lon qilingan onlayn-tanlovda g`alaba qozonishmoqchi. Birinchi o`ringa 570 ming tenge(14 mln. so`mdan ziyod) mukofot puli beriladi.






