AsosiyShou-biznes

Dilfuza Ismoilova “sariq kiyimdagi suratlari” uchun ogohlantirildi

"O`zbeknavo" estrada birlashmasi Maxsus ruxsatnoma (lisenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig`i Odiljon Abduqahhorov xonanda Dilfuza Ismoilovaga berilgan ogohlantirish sabablarini ma`lum qildi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

"Dilfuza Ismoilovaga nisbatan ogohlantirish e`lon qilishda, qaysidir ma`noda, uning sariq kiyimdagi suratlari ham sabab bo`ldi. Lekin u asosan yig`ilishlarga kelmaganligi uchun ogohlantirildi", — deydi Odiljon Abduqahhorov.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Dilfuza Ismoilovaning raqslari aks etgan suratlar tarqalib ketgani ma`lum bo`lgandi, bu masalada u boshqa bir xonanda — Ozoda Nursaidovani ayblab chiqqani haqida xabarlar paydo bo`lgandi.

 

    Boshqa yangiliklar