Avval xabar qilganimizdek, kuni kecha Qashqadaryodagi tuman va shahar hokimlari tibbiy ko`rikdan o`tish va davolanish uchun Toshkent shahriga jo`nab ketishdi.
Bugun viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ishtirokida bo`lib o`tgan yig`ilishda 10 kun davomida tajriba sifatida vaqtinchalik ish boshlagan yoshlardan iborat tuman va shahar hokimlari tanishtirildi.
Unga ko`ra:
Qarshi shahar hokimi - Po`latov Jahongir Zokirovich.
Shahrisabz shahar hokimi - Tursunova Sabrina Shuxratjonovna.
G`uzor tumani hokimi - Yo`ldoshev Rustambek Akbar o`g`li.
Dehqonobod tumani hokimi - Qulmamatov Adham Alisherovich.
Qamashi tumani hokimi - Axmedov Shohjahon Azamatovich.
Qarshi tumani hokimi - Rajabov Shaxzod To`lqin o`g`li.
Kasbi tumani hokimi - Axmedov Mirjalol Ali o`g`li.
Kitob tumani hokimi - Kamolov Oybek Faxriddinovich.
Koson tumani hokimi - Ma`diev Murodjon Baxodir o`g`li.
Mirishkor tumani hokimi - Arabboev O`ktamjon A`zamovich.
Muborak tumani hokimi - Raxmonov Akmal Juraqulovich.
Nishon tumani hokimi - Utkirov Muxriddin Baxriddinovich.
Chiroqchi tumani hokimi - Xolmirzaev Xurshid Xolmuminovich.
Shahrisabz tumani hokimi - G`aniev Shaxzod Shuxrat o`g`li.
Yakkabog` tumani hokimi - Ergasheva Sitora To`lqin qizi.
Shuningdek, quyidagi yoshlar 10 kun davomida viloyat hokim o`rinbosarlari sifatida faoliyat olib boradilar:
Viloyat hokimining birinchi o`rinbosari - Sodikov Sardor Sodikovich. 1994 yil tug`ilgan. “Global Education in Karshi” nodavlat ta`lim muassasasi rahbari.
Viloyat hokimi o`rinbosari - Toxirov Adxam Zoxid o`g`li. 1993 yil tug`ilgan. O`zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo`llab - quvvatlash markazining Qashqadaryo viloyati bo`linmasi boshlig`i.
Viloyat hokimi o`rinbosari - Poyonov Temurbek Olimovich . 1993 yil tug`ilgan. Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari.
Viloyat hokimi o`rinbosari - Toshtemirov Sanjar Jumaniyazovich. 1986 yil tug`ilgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qishloq xo`jaligini mexanizasiyalashtirish va servis kafedrasi dosenti, yosh tadqiqotchi olim.
Viloyat hokimi o`rinbosari - Qodirov Farrux Ergash o`g`li. 1993 yil tug`ilgan. TATU Qarshi filiali magistranti.
Mavzuga doir:
Qashqadaryoda hokimlarning haydovchilari ham davolanishga yuborilmoqda






