Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma`lum qildi.
«Respublika bo`yicha mavjud jami 10 008 ta umumta`lim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktab internati quyidagi yoqilg`i manbalari orqali isitilmoqda:
- 3 310 tasi — tabiiy gaz;
- 23 tasi — suyuq yoqilg`i;
- 6 671 tasi — ko`mir (briket);
- 4 tasi — elektr toki.
Ularning isitilish turi quyidagicha:
▪️1 036 ta maktab — markazlashgan issiqlik tarmog`i orqali,
▪️8 810 tasi — lokal isitish tarmog`i orqali;
▪️162 tasi — qo`lbola (burjuy) pechlar orqali.
Jami 1 196 ta maktab filialining 118 tasi — tabiiy gaz, 1 tasi — suyuq pech yoqilg`isi, 1 062 tasi — ko`mir (briket) yoqilg`isi, 15 tasi — elektr toki manbalaridan foydalanib isitiladi.
Qo`lbola pechlar orqali isitilayotgan maktablarda o`quvchilarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori. Chunki qo`lbola pechlar sinf xonalarining ichki qismiga, o`quvchilarga yaqin qilib o`rnatilgan», dedi Axborot xizmati rahbari.






