«Buxoro» neftni qayta ishlash zavodida «QuWatt» brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzin va dizel yonilg`ilarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`zbekneftgaz"AJ Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra, ushbu loyiha Germaniyaning «BASF SE» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
«QuWatt» AI-95 rusumidagi avtobenzin dvigatellarda tozalikni saqlashning mukammal ta`siriga erishish, klapanlardagi hosil bo`ladigan qatlam miqdorini 4 mg/klapan qiymatidan oshmasligini ta`minlash, dvigatel klapanlarini qatlamlardan yuqori darajada, ya`ni 80% gacha tozalash imkonini beradi.
Shuningdek, avtomobil dvigateli quvvatini oshiradi hamda yoqilg`ini 3 foizgacha tejalishiga erishiladi.
Joriy yilning o`tgan birinchi o`n kunligida 480 tonna «QuWatt» brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzin ishlab chiqarildi va respublika tovar xomashyo birjasi orqali sotuvga qo`yila boshlandi.






