AsosiyJamiyat

Yangiqo`rg`onlik ota o`z farzandi uchun voyaga etgunga qadar bo`lgan aliment summasini to`liq to`lab berdi

'Yangiqo`rg`onlik ota o`z farzandi uchun voyaga etgunga qadar bo`lgan aliment summasini to`liq to`lab berdi'ning rasmi

Byuroning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari va tushuntirishlar samara berib, ota o`z farzandi uchun voyaga etgunga qadar bo`lgan aliment summasini to`liq to`lab berdi.  

Fuqarolik ishlari bo`yicha Yangiqo`rg`on tumanlararo sudining 14.02.2005 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Mavlanov Muzaffardan undiruvchi Mirzaboeva Saboxon foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati byuroning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi ish yurituviga olingan.

   Dastlab qarzdor ushbu summalarni to`lashdan bo`yin tovlab, o`z farzandi yashash sharoitlarini o`z vaqtida amalga oshirmadi. Shundan so`ng, qarzdorga tegishli avtotransport vositasi qonuniy tartibda xatlanib, onlayn auksion savdolarida sotildi va undiruvchi S.Mirzaboevaga 19.000.000 so`m o`tgan yilning avgust oyida topshirildi.

 Kuni kecha yana qarzdor bilan olib borilgan navbatdagi ijro harakatlari davomida farzandi ta`minoti uchun to`lanmay qolgan 50 mln so`m mablag` ham undirib berildi. Yakuni bilan jami 69 mln so`m farzandni voyaga etgunga qadar to`liq undirilishi ta`minlandi va ijro hujjati amalda tamomlandi.

    Boshqa yangiliklar