AsosiyJamiyat

Yangi avtomobilni texnik ko`rikdan o`tkazish talabi bekor qilinishi mumkin

'Yangi avtomobilni texnik ko`rikdan o`tkazish talabi bekor qilinishi mumkin'ning rasmi

Yangi avtomobilni texnik ko`rikdan o`tkazish talabi bekor qilinishi mumkin. Bu 2021 yilgi davlat dasturi farmoni  loyihasida o`z aksini topgan. Takliflarda YHX xizmatining asosiy faoliyatini «fuqarolarga ko`mak berish»ga yo`naltirish maqsad qilingan.

Shu bilan birga, transport vositasini texnik ko`rikdan o`tkazishni eksterritoriallik prinsipi asosida yo`lga qo`yish ham taklif etilmoqda.

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida bittadan ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish bo`limlarida «propiska»dan qat`i nazar transport vositalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va ularga davlat raqamini berish ko`zda tutilmoqda.

Yana bir taklif — barcha ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish bo`limlarida hamda 20 ta DXMlarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiriladi. Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon jarayonini onlayn kuzatish imkonini yaratish ham reja qilingan.

    Boshqa yangiliklar