Toshkent viloyatida juda ko`p miqdordagi “Meropenem” dori vositasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya "darakchi.uz"ga xabar berdi Bosh prokuratura Axborot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va Bojxona qo`mitasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.I. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritib, xaridor Z.ga xorijda ishlab chiqarilgan “Covid-19” infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashda qo`llaniladigan umumiy narxi 175 mln so`m bo`lgan 3 500 dona “Meropenem” nomli dori vositalarini qimmat narxlarda baholab, 40 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.