AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'Bugun O`zbekistonda ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 19 yanvar kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SIRDARYo, SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, respublika tog` oldi va tog`li hududlarining ba`zi joylarida yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar