2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi Prezident Farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo`yildi.
Unga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni yuksak saviyada o`tkazish bo`yicha aniq choralar belgilanadi. Mazkur vazifani bajarish muddati etib 2021 yil 1 mart sanasi belgilangan.
Dasturda:
saylov komissiyalari a`zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo`yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish;
xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish;
aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo`yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.






