AsosiyJamiyat

Samarqandda qizlarning uyatli va yalong`och suratlarini tarqatish bilan qo`rqitib, katta miqdorda pul talab qilayotgan shaxslar qo`lga olindi

'Samarqandda qizlarning uyatli va yalong`och suratlarini tarqatish bilan qo`rqitib, katta miqdorda pul talab qilayotgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqandda IIB xodimlari tomonidan ikkita tovlamachilik jinoyatini oldi olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 16 yanvar kuni Urgut tumani bo`yicha IIO FMB ga tumanning “Quyi Algar” mahallasida yashovchi, X. ariza bilan murojaat qilib, Surxondaryo viloyatida yashovchi X.U. telefon qilib, qaynsinglisini o`zi bilan tushgan uyatli foto suratlari borligi, ushbu foto suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evaziga 800 AQSh dollari talab qilayotganligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. 

2020 yil 17 yanvar kuni, Urgut tumani bo`yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi “Samarqand-Toshkent” avtobekati oldida o`tkazilgan tezkor-tadbir davomida, X.U. ariza muallifidan qonunga xilof ravishda 500 AQSh dollari va 1.600.000 so`m pullarni olib, uyatsiz fotosuratlari mavjud bo`lgan telefon apparatini X. ga bergan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olinib, hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, 2021 yil 16 yanvar kuni Jomboy tumanida yashovchi, E. Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahar Sug`diyona maskanida yashovchi, tanishi M.F. unga telefon qilib, uning yalang`och tushgan rasmlari telefon apparatida borligini, 2.000 AQSh dollar bermasa, ushbu rasmlarni internet tarmog`iga joylashtirishni aytib, undan pul surayotganligi, M. ga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

2021 yil 16 yanvar kuni Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Marhabo mahallasida o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.F. ariza muallifidan tadbirda ishlatilgan 1.045.000 so`mga teng bo`lgan, 1.000 AKSh dollarini olayotgan vaqtida ushlanib, hujatlashtirib olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar