Avval xabar qilganimizdek, «Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining fuqaroligini berish tartibini takomillashtiriladi.
Dasturga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish bo`yicha qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada, 2021 yil 1 maydan boshlab O`zbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, O`zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek, 15 yil davomida O`zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo`lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O`zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilish nazarda tutiladi.
Eslatib o`tamiz, bu haqda avvalroq, Prezidentning Parlamentga Murojaatnomasida ma`lum qilingan edi.






