AsosiyJamiyat

Mirzacho`l tumani hokimi ham o`zgardi

'Mirzacho`l tumani hokimi ham o`zgardi'ning rasmi

Bugun, 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Mirzacho`l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda Mirzacho`l tumani hokimi bo`lib ishlab kelgan Xolmurodov Komil Adhamovich boshqa ishga o`tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliev Mirzacho`l tumani hokimi lavozimiga Ahmedov Sherzod Malikovich nomzodini taklif qildi. Deputatlar ushbu nomzodni ma`qulladi.

Ahmedov Sherzod 1978 yilda Zomin tumanida tug`ilgan 2000 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti va 2008 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan.

Ahmedov Sherzod 2016 yildan buyon “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o`tamiz,Xolmurodov Komil Adhamovich Mirzacho`l tumaniga 2018 yil noyabr oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Boshqa yangiliklar