AsosiyDunyo

Turkmaniston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo`lib "Sputnik V" vaksinasini ro`yxatdan o`tkazdi

'Turkmaniston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo`lib "Sputnik V"  vaksinasini ro`yxatdan o`tkazdi'ning rasmi

2021 yil 18 yanvar Rossiya to`g`ridan-to`g`ri investisiya jamg`armasi (RDIF, Rossiya Federasiyasining suveren boylik fondi) Turkmaniston Sog`liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi tomonidan Sputnik V koronavirusiga qarshi Rossiya vaksinasi ro`yxatdan o`tganligini e`lon qildi.

Ro`yxatdan o`tish Turkmaniston hududida "Sputnik V" qo`shimcha klinik sinovlarisiz tezlashtirilgan prosedura doirasida amalga oshirildi. Vaksina ilgari Argentina, Boliviya, Serbiya, Jazoir, Falastin, Venesuela va Paragvayda shu kabi favqulodda vaziyatlarda avtorizasiya qilish tartibida ro`yxatdan o`tgan. 

“Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib "Sputnik V" vaksinasini o`z hududida ishlatilishini rasman ma`qulladi. Hamkorlar bugungi kunda koronavirusga qarshi kurashda dunyodagi etakchi dori-darmonlardan biri bo`lgan va dunyoning turli mintaqalaridagi davlat nazorat organlari tomonidan tasdiqlangan vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini yuqori baholadilar. Ishonchimiz komilki, odam adenoviral vektorlarining puxta o`rganilgan platformasi asosida yaratilgan, isbotlangan "Sputnik V" preparati bilan aholini emlash koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi", – dedi Rossiya to`g`ridan-to`g`ri investisiya jamg`armasi (RDIF) bosh direktori Kirill Dmitriev.

    Boshqa yangiliklar