AsosiyShou-biznes

Qozog`istonlik teleboshlovchi: "Tamila xurmacha qiliqlari bilan bizda shuhrat qozonishni orzu qilmasa ham bo`ladi"

Messenjerlarda xonanda Tamilaning behayo videosi tarqalishi o`tgan haftaning eng shov-shuvli voqealaridan biriga aylandi. Bu voqeadan so`ng  Instagram ijtimoiy tarmog`i orqali Tamila ijodini kuzatib borayotgan 114 mingdan ortiq foydalanuvchilarning aksariyati xonandaga haqoratli so`zlar bilan murojaat qilib, uni hayosizlikda ayblashdi.

Oradan bir oz vaqt o`tib xonandaning Instagram ijtimoiy tarmog`idagi sahifasi o`chirildi va Tamilaning Qozog`istonga ko`chib ketganligi haqida xabar tarqaldi.  

"Sputnik" nashri Qozog`iston shou-biznesi vakili, mashhur teleboshlovchi Serik Akishev bilan bog`lanib, uning ushbu mojaro yuzasidan qanday fikrda ekaniga qiziqib ko`rdi. 

"Tamila nima uchun Qozog`istonga yo`l olgani kundek ravshan. Sababi, birinchidan Qozog`iston O`zbekiston bilan qo`shni. Ikkinchidan o`zbek shou-biznesining ko`pgina vakillari uchun Qozog`iston o`z mahsulotlarini o`tkazish imkonini beruvchi yangi maydonga aylangani sir emas. Fikrimcha, agar Tamila Qozog`istonga o`z konsert faoliyatini davom ettirish maqsadida ko`chib o`tgan bo`lsa, bu yo`lda u to`siqqa uchramaydi. Lekin mashhurlik borasida biror narsa deyishim qiyin. Misol uchun, men shunday qo`shiqchi borligi haqida birinchi marta eshitib turibman. O`sha janjalli videorolik bo`lmaganida, Tamillaning borligi haqida xabar topmasdim.

... Albatta, Tamila Qozog`istonga kelib nimaga erisha olishini kuzatish, qiziq. Faqat bir narsani aytishim mumkin, Tamila o`zining yuqorida tilga olingan xurmacha qiliqlari bilan Qozog`istonda shuhrat qozonishni orzu qilmasa ham bo`ladi”, - dedi Serik Akishev.

Ma`lumot uchun, “O`zbeknavo” estrada birlashmasi 2 fevral kuni Tamilaga berilgan lisenziya bekor qilinganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar