Bugun AOKAda o`tkazilgan «Sovuq kunlarda aholini gaz, elektr energiyasi va ko`mir bilan ta`minlashda kuzatilayotgan muammolar» mavzusidagi brifingda Energetika vaziri Alisher Sultonov dolzarbmuammoga to`xtalib o`tdi.
"Ushbu haftaning oxiriga kelib, O`zbekistonda sovuq ob-havoning yangi to`lqini noldan past haroratgacha tushishi kutilmoqda. Biz vaziyatdan yaxshi xabardormiz, mummolarni engillashtirish, uy-joylar va ish joylarining barqaror energiya va gaz bilan ta`minlashga erishish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiryapmiz.
Yanvar oyining so`nggi o`n kunligidagi iste`molchilarga 2 mlrd. 318,7 mln. kilovatt-soat elektr energiyasi, 1 milliard 163 million metr kub tabiiy gaz, 19 ming 210 tonna suyultirilgan gaz etkazib beriladi.
Hozirgi kunda ko`mir omborlarida jami 156 ming 635 tonna ko`mir va briket zaxirasi mavjud.
Standart talablariga javob bermaydigan moslamalar ishlatilganida juda ko`p energiya yo`qotishlari yuzaga kelmoqda. Afsuski, bugungi kunda ana shunday vaziyatlar kuzatilayapti. Bunaqada ishlab chiqarishni qancha ko`paytirmaylik, gazni ham, elektr energiyasini ham etkazib berishda muamolar yuzaga kelishi mumkin.
Hurmatli iste`molchilar, shuning uchun men sizlardan energiyatejamkor qurilmalardan foydalanish yo`nalishida birgalikda ishlashni iltimos qilardim. O`ylaymanki, ushbu kelayotgan bir hafta-o`n kunlik sovuqni yaxshi o`tkazib olishga hamma imkoniyatlarimiz mavjud" deydi vazir.






