AsosiyJamiyat

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartirishlar kiritilmoqda

'Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartirishlar kiritilmoqda'ning rasmi

Transport vositalari haydovchilarining to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzishi (1286-modda) bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solinadi. (Amalda bu bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bo`lib, xuddi shunday huquqbuzarlikni ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.  

Huddi shunday huquqbuzarlikni ikki marta ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa esa bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.  

Huddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa bazaviy hisoblash miqdorining o`n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi).

 Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish (123-modda) bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima belgilanmoqda. (Amalda bu bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda)

 Yangi loyihaga ko`ra, huquqbuzarlikni ortib borishi bilan jarima miqdorlarining ham ortib borishi bekor qilinmoqda.  

 Yo`l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolganlik (137-modda) uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`lishi belgilanmoqda.  

 Shuningdek, YTHning og`ir yoki engil darajasiga qarab jarimalar ham aniqlashtirilmoqda. Xususan:

Yo`l transport xodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda xodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar yo`l-transport xodisasi jabrlanuvchiga engil tan jaroxati yoki ancha miqdorda moddiy zarar etkazilishiga olib kelgan bo`lsa bazaviy hisoblash miqdorining o`n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo`ladi.

 Yo`l transport xodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda xodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar yo`l-transport xodisasi natijasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarga nisbatan og`irroq oqibat keltirib chiqargan bo`lsa bazaviy hisoblash miqdorining o`ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoxud o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi.  

(Amalda bazaviy hisoblash miqdorining o`ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga yoxud o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi)

 Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish (141-modda) bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi. (Amalda bu bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda)  

 Yo`llarga, yo`l inshootlariga, yo`l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast etkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish (147-modda) fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa o`n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi. (Amalda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa o`n baravari miqdorida)

 Shuningdek, qonun loyihasiga ko`ra, epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzganlik(54-modda) uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga o`ttiz baravari miqdorida jarima solinadi. (Amalda bu fuqarolarga yigirma baravaridan o`ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa  o`ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda edi)

Loyiha deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishga tayyorlanmoqda. Ungacha takliflardan kelib chiqib ayrim o`zgarishlar bo`lishi mumkin.  

 

    Boshqa yangiliklar