AsosiyJamiyat

"Mana sizga "svejiy" fakt Sherzod aka!" Rasul Kusherbaev Sergelida daraxtlarning ochiqchasiga qo`porib tashlanayotgani haqida gapirdi

'"Mana sizga "svejiy" fakt Sherzod aka!" Rasul Kusherbaev Sergelida daraxtlarning ochiqchasiga qo`porib tashlanayotgani haqida gapirdi'ning rasmi

Moratoriy muddati uzaytirilmadi. Sergelida esa daraxtlarni ochiqchasiga  qo`porish tashlash boshlab yuborildi. Qayralgan arralar, texnikalar ishga tushdi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev yozib, vaziyatdan tashvishlanayotganini bildirdi.

"Oldinda ko`plab qurilishlar bor. Afsus... Daraxt kesmay qurilish qilish ham mumkin. Biroq bizdamas, bo`lmasam quruvchi va arxitektorlarimiz qiynalib qolishadi. Kelajaknimas, qurilishdan bugun foyda qiladiganlarni o`ylash kerak. Shundaymasmi Sherzod aka....

Aytgancha, hududlarni rivojlantirish va qurilishga qaraydigan katta kotibiyat mudiri  hurmatli Sherzod Abidovga qurilish bahona Sergelida daraxtlar qo`porib tashlanganligini eslatib yuborsak. Ular mendan  aniq faktlar so`ragan ekan. Mana "svejiy" fakt. Buni TV va internet orqali ham ko`rish mumkin. Montajmas, haqiqiy.

Endi doimiy Sizga yuborib, ma`lum qilib turamiz, faktlar ko`p.

Ishqilib daraxtlarsiz kelajak sari ketmasak bo`ldi". - deya yozib qoldirgan deputat.

    Boshqa yangiliklar