AsosiyDunyo

Pandemiya davrida AQSh prezidenti inaugurasiyasi (foto)

'Pandemiya davrida AQSh prezidenti inaugurasiyasi (foto)'ning rasmi

Jo Baydenning inaugurasiya marosimidan oldin Vashingtondagi Milliy xiyobonda AQShning 200 ming dona bayrog`i o`rnatildi. 

Ular koronavirus pandemiyasi paytida vafot etgan AQSh aholisini, shuningdek karantin choralari tufayli inaugurasiya marosimida ishtirok eta olmaydigan yoki uni jonli tarzda kuzata olmaydigan odamlarning ramziy timsoli sifatida qo`yib chiqilgan. Inaugurasiya marosimi 20 yanvar kuni bo`lib o`tadi.

Odatda 200 ming kishi tashrif buyuradigan inaugurasiya marosimiga 1000 kishi kelishi kutilmoqda.

Inaugurasiya arafasida AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden va vise-prezident Kamala Xarris Vashingtonda seshanba kuni COVID-19 dan vafot etgan 400 ming amerikalik aholini xotirlashdi.

    Boshqa yangiliklar